» » O‘zbekiston IIVda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston IIVda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili va koordinatori Madina Jarbussinova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya a’zolarini Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov qabul qildi.

Delegatsiya a’zolariga mamlakat ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berildi.

Shuningdek, mehmonlarga respublikadagi jinoyatchilik holati yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida 2017-yilda odam savdosi bilan bog‘liq majburiy mehnatdan foydalanish jinoyati 39,5 foizga, jinsiy ekspluatatsiya jinoyati 81,6 foizga kamayganligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda, odam savdosi jinoyatini oldini olish maqsadida, aholi o‘rtasida qator profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilayotgani aytildi.

Uchrashuv so‘ngida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют