» » O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini keskin oshiradi

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini keskin oshiradi


O‘zbekiston hukumati joriy yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni, jumladan, tranzit hisobiga, keskin oshirmoqchi. Bu “O‘zbekenergo” AJ 2018 yil uchun faoliyatni moliyaviy sog‘lomlashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilgan “yo‘l xaritasi”da ko‘rsatib o‘tilgan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Hujjat doirasida “O‘zbekenergo” joriy yil oktabr oyi yakuniga qadar Afg‘onistonga elektr energiyasi va elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, qo‘shni davlatlar energiya tizimlaridan elektr energiyasi tranziti borasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar imzolashi kerak.

O‘zbekiston 2002-yildan buyon har yili Afg‘onistonga ushbu davlat ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida elektr energiyasi yetkazib bermoqda. 2002-yilda bu boradagi yetkazib berish hajmi 62 million kVt/soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 200 million kVt/soatga yetkazildi. 2018-yilda esa qariyb 2 milliard kVt/soat resurs eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Mamlakatning istiqboldagi asosiy vazifalaridan biri Afg‘onistonni Markaziy Osiyo yagona energiya halqasiga qo‘shishdir. Bu Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishi hisobiga amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaning boshlang‘ich qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Uning 32 millioni O‘zbekistonda, 118 millioni Afg‘onistonda qurilish ishlarini olib borish uchun yo‘naltiriladi. Liniyaning umumiy uzunligi 260 kilometr bo‘lib, uning 45 kilometri O‘zbekiston, 215 kilometri esa Afg‘oniston hududidan o‘tadi. Loyihaga ketgan sarf-xarajatlar 12 yilda qoplanadi. Uning o‘tkazish quvvati 1000 MVt, ya’ni bir kecha-kunduzda 24 million kVt/soat, bir yilda 6 milliard kVt/soatgacha elektr energiyasi yetkazib berishga teng.

Bundan tashqari, mamlakat birinchi marta Tojikistondan elektr energiyasini Afg‘onistonga tranzit qilishni boshladi. “O‘zbekenergo” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha Surxondaryo elektr tarmoqlaridan Afg‘onistonga 140 million kVt/soat elektr energiyasi tranzit orqali yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют