» » Qo‘qonda “O‘zbekiston—Koreya do‘stlik bog‘i” quriladi

Qo‘qonda “O‘zbekiston—Koreya do‘stlik bog‘i” quriladi


Qo‘qon shahridagi “Yoshlar bog‘i” hududida “O‘zbekiston—Koreya do‘stlik bog‘i” quriladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Yangi istirohat bog‘i o‘zbek va koreys milliy bog‘dorchilik an’analari asosida barpo etiladi. Bog‘ning darvoza va devorlari ham o‘ziga xos ko‘rinishga keltiriladi. Musiqali favvoralar qurilib, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi.

Istirohat bog‘ida qish mavsumida faoliyat yuritadigan ochiq muz maydoni, oqqush, g‘oz va o‘rdaklar suzib yuradigan ko‘l, O‘zbekiston—Koreya hamkorligi tarixi aks etgan muzey ham bo‘ladi. Bir gektar maydonda “Qushlar olami” majmuasi bunyod etilib, tabiat olamiga sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

Ayni paytda bog‘ hududida Koreya uslubida loyihalashtirilgan 240 o‘rinli bolalar bog‘chasining qurilish ishlari boshlangan. Mazkur bog‘chada ta’lim-tarbiya ishlari zamonaviy koreys ta’lim uslublari asosida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют