» » Toshkentda qurilish: Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘ida qurilish ishlari davom etmoqda. “Daryo” fotoreportaji

Toshkentda qurilish: Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘ida qurilish ishlari davom etmoqda. “Daryo” fotoreportaji


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida, eski hayvonot bog‘ining o‘rnida qurilayotgan 12 gektar maydonli yangi istirohat bog‘iga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilishini e’lon qilgan edi.

Ayni vaqtda ushbu hududda og‘ir texnika yordamida yangi obyektlar uchun ajratilgan joylarni mavjud kichik favvoralar, bir necha yillik qurigan daraxtlar, keraksiz chiqindilardan tozalash, bog‘ning kirish qismidagi yo‘l chekkasini kengaytirish, qazish ishlari davom etmoqda.

“Daryo” muxbiri Madina Nurman qurilish ishlari olib borilayotgan bog‘dan fotoreportaj tayyorladi.

Bo‘lajak bog‘da aholining turli yoshdagi qatlamiga mo‘ljallangan dam olish va sport bilan shug‘ullanish maskani, sayr uchun so‘qmoqlar va ko‘plab o‘rindiqlar, yugurish va velosiped yo‘laklari, futbol maydoni, ochiq trenajyorlar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Bog‘da 150 o‘rinli qahvaxona barpo etiladi, ko‘l markazidagi orolcha esa to‘y tadbirlari va fotosessiyalar uchun mo‘ljallangan. Suv havzasi qirg‘og‘ida qayiqlar uchun kichikroq joy ajratiladi.

Yangi bog‘ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Bobur nomli istirohat bog‘ining nomini Do‘stlik bog‘i deb o‘zgartirishni taklif qilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют