» » Poytaxtdagi eski hayvonot bog‘i hududida Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘i qurilmoqda

Poytaxtdagi eski hayvonot bog‘i hududida Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘i qurilmoqda


Poytaxtdagi eski hayvonot bog‘i hududida 12 gektar maydonni egallagan Bobur nomli Toshkent markaziy bog‘i qurilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lum qildi. 

Bo‘lajak bog‘ atrofida o‘rnatilgan eskizlardan mazkur manzil barcha yoshdagilar uchun dam olish va sport bilan shug‘ullanish maskaniga aylanishini taxmin qilish mumkin. 

Bu yerda sayr uchun so‘qmoqlar va ko‘plab o‘rindiqlardan tashqari, yugurish va velosiped yo‘laklari, futbol maydoni, ochiq trenajyorlar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan. 

Bog‘da 150 o‘rinli qahvaxona barpo etiladi, ko‘l markazidagi orolcha esa to‘y tadbirlari va fotosessiyalar uchun mo‘ljallangan. Suv havzasi qirg‘og‘ida qayiqlar uchun kichikroq joy ajratiladi. 

Yangi bog‘ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

 

Опубликовано: admin (2-03-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют