» » Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In Koreya milliy muzeyiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In Koreya milliy muzeyiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hamrohligida Seul shahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.

Mazkur muzey Janubiy Koreyaning eng yirik tarixiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. 1945-yil asos solingan muzey uchun 2005-yil o‘ziga xos me’moriy yechimga ega zamonaviy bino barpo etilgan. Osiyoda eng yirik, deya e’tirof etiladigan ushbu muzey ko‘lami jihatidan dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Muzeyda 220 mingdan ortiq tarixiy, badiiy, arxeologik va boshqa eksponatlar mavjud.

Shavkat Mirziyoyev muzey bo‘limlari va eksponatlari bilan tanishdi. Madaniy-gumanitar sohada ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют