» » Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari kutib oldi. Trampni esa TIV rahbari qarshi olgandi

Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari kutib oldi. Trampni esa TIV rahbari qarshi olgandi


Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga kelgani haqida xabar berilgandi. Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreya bosh vazir o‘rinbosari, mamlakat moliya vaziri Kim Don Yon kutib oldi.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya Respublikasi bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Koreya prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Kim Don Yon hukumatda egallagan lavozimi bo‘yicha Kan Gyon Xvadan yuqorida turadi.

Shuning o‘zi ham O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi ikki mamlakat uchun naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют