» » DXX Farg‘onada 7800 dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan deputatni qo‘lga oldi (video)

DXX Farg‘onada 7800 dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan deputatni qo‘lga oldi (video)


Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda deputat ashyoviy dalil bilan ushlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Dang‘ara tumani xalq deputatlari kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedagogika institutida uslubchi lavozimida faoliyat yuritadigan Muhayyo Qodirova tanishi Mashhura Abdurahimova bilan o‘zaro til biriktirib, o‘qishga kiritish ortidan mo‘may pul ishlamoqchi bo‘ldi.

Ular Beshariq tumanidan bo‘lgan tanishlarining jiyanini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 7 ming dollar talab qilgan.

Shuningdek, firibgarlar boshqa bir fuqarodan Qo‘qon tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritish uchun 800 dollar so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki ayol ham 7800 dollar bilan qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют