» » Afg‘oniston shimolida toliblar hujumi oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolida toliblar hujumi oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida 11-iyul, chorshanba kuni kechasi yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 13 nafari yaralandi. Bu haqda 12-iyul kuni mahalliy hokimiyat xabariga tayanib, Sinxua agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Yarim tunda toliblar Archi tumanidagi Qarluq hududida nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. To‘qnashuv bir necha soat davom etdi, oqibatda olti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi”, — deydi okrug gubernatori Nasriddin Nazariy.

Bundan tashqari, to‘qnashuvlar davomida yana ikki nafar xavfsizlik kuchlari xodimi jarohat olgan.

Boshqa bir hodisada jangarilar Archi tumani sharqidagi Puli-Mo‘minda joylashgan harbiy lagerga hujum qildi. Oqibatda 17 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 11 nafari yaralandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют