» » Afg‘onistondagi nazorat o‘tkazish punktiga toliblar hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi nazorat o‘tkazish punktiga toliblar hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimolida harbiy xizmatchilar va “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuvda 10 nafar politsiya xodimi va yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Toliblar 8-martdan 9-martga o‘tar kechasi Taxar provinsiyasi hududidagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan biriga hujum uyushtirgan.

Hodisa joyiga mahalliy politsiyachilardan iborat qo‘shimcha kuch yetib kelgan. Ikki tomon o‘rtasida shiddatli otishma boshlangan.

Qayd etilishicha, yana to‘qqiz nafar politsiyachi yaralangan. Radikal harakatning yo‘q qilingan jangarilari haqida ma’lumot keltirilmagan.

So‘nggi vaqtda ekstremistlarning sharqiy va janubiy provinsiyalarida ta’sir doirasi kengaygan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют