» » Toliblar Afg‘onistondagi blokpostga hujum uyushtirdi: 8 kishi halok bo‘ldi

Toliblar Afg‘onistondagi blokpostga hujum uyushtirdi: 8 kishi halok bo‘ldi


Toliblarning Afg‘oniston g‘arbidagi Farax viloyatidagi blokpostga uyushtirgan hujumi oqibatida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Muhammad Nosir Mehrining vakiliga asoslanib Tolo News ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Bir nafar harbiy jarohat olgan.

Viloyat politsiyasining ma’lum qilishicha, huquq-tartibot xodimlariga “Tolibon” jangarilari hujum qilgan bo‘lib, ular “blokpostni yakson qilgan va u yerda saqlanadigan barcha qurollarni qo‘lga kiritgan”. Keyinroq xavfsizlik kuchlariga yordam kelgan va blokpost qayta qo‘lga kiritilgan.

Politsiyaning taxminiga ko‘ra, askarlardan biri jangarilar bilan til biriktirgan bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют