» » Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Qarorda Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati qoniqarsiz, deb topildi.

Quyidagilar vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatishni yanada oshirish sohasida asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari klinikalari, respublika ko‘p tarmoqli shifoxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida tizimli ravishda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish;

Profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy hamda samarali usullarini joriy etish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida aholiga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik nefrologik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish;

Buyrak patologiyasining barvaqt oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash, mavjud bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etuvchi integratsiyalashtirilgan tizimni sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarida yaratish, shuningdek, bemorlarga tashxis qo‘yish, tanlash va gemodializga yuborish jarayonini xalqaro amaliyotga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish yo‘li bilan nefrologik kasalliklarga chalinish hamda bu kasalliklar sababli vafot etishni kamaytirish;

Davolashning yuqori texnologik usullari va zamonaviy standartlaridan keng foydalangan holda gemodializ yordamga muhtoj bemorlar umrining uzayishini va ularning turmush sifati oshishini ta’minlash;

Tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha bosqichlarida katta yoshdagilar va bolalarda buyrak kasalliklariga tashxis qo‘yish va uni davolashning yagona zamonaviy standartlari va protokollarini joriy etish, jumladan, gemodializ seanslari uchun majburiy klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

Nefrologik va gemodializ muassasalarini zamonaviy yuqori texnologik tashxis qo‘yish va davolash tibbiyot uskunalari bilan to‘liq jihozlash, ularni ehtiyot qismlar, gemodializ uchun sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash va tegishli qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yo‘li bilan nefrologiya va gemodializ muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

Nefrologik kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va davolash bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

Aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatish sohasida xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni jadal rivojlantirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligining:

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish;

Yangi tashkil etilayotgan markaz negizida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi” kafedrasini tashkil etish;

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “Nefrologiya” va “Bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlarini ochishni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют