» » Fotoreportaj: Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining 100 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Fotoreportaj: Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining 100 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi


Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining 100 yilligi munosabati bilan 12-iyul kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tantanali tadbirda mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlarda istiqomat qiluvchi bilim yurtining bitiruvchi-faxriylari, O‘zbekistondagi xorijiy mamlakat elchixonalarining harbiy attashelari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Bilim yurtining saf maydonida shaxsiy tarkibni hamda ushbu dargohni tamomlagan faxriy mehmonlarni Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va xorijiy davlat vakillari muborakbod etishdi.

Shundan keyin tadbir ishtirokchilari Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan ushbu dargohning barcha davrdagi bitiruvchilari sharafiga atab o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti tashkil topganligiga 100 yil to‘ldi. 11-iyul kuni “Oliy harbiy ta’lim muassasasining Qurolli Kuchlar va Vatan himoyasi uchun ofitser kadrlar tayyorlashdagi tarixiy hissasi” mavzusida xalqaro harbiy-ilmiy anjuman bo‘lib o‘tgandi.

Gulchambarlarni qo‘yish marosimidan so‘ng, mehmonlar e’tiboriga faxriy qorovul, harbiy orkestr va kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shundan keyin Qurolli Kuchlar akademiyasi tarixi muzeyi, shuningdek, o‘quv binolari va kazarma fondlari bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют