» » Ozbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari Moskvada bolib otgan Xalqaro olimpiadada 2-orinni qolga kiritdi

Ozbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari Moskvada bolib otgan Xalqaro olimpiadada 2-orinni qolga kiritdi


1519-may kunlari Moskva oliy umumqoshin qomondonlik bilim yurtida MDHga azo davlatlar Mudofaa vazirliklarining kursantlari ortasida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik boyicha IV Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari bolib otdi. Unda Ozbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, ikkinchi orinni qolga kiritdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Chirchiq oliy tank qomondonlik-muhandislik bilim yurti taktika kafedrasi boshligi podpolkovnik Gani Torayev va bilim yurtining otish tayyorgarligi kafedrasi katta oqituvchisi podpolkovnik Mirzohid Hasanov boshchiligida kursantlar MDHga azo mamlakatlarning oliy harbiy talim muassasalaridan ishtirok etgan 300 nafardan ziyod eng sara kursantlari ortasida taktik va taktik maxsus, otish, harbiy-sport tayyorgarliklari hamda ijtimoiy missiya kabi shartlarida bellashdi. Olimpiadaning ushbu yonalishida tortta shartdan ozbekistonlik kursantlar uchtasida ikkinchi va bittasida tortinchi orinni egallab, umumjamoa hisobida Moskva oliy umumqoshin qomondonlik bilim yurtidan keyingi pogonani zabt etdi. Uchinchi orinni esa Qozogiston Quruqlikdagi qoshinlar harbiy instituti jamoasi egalladi.

Golib va sovrindorlar kubok, medal va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Ozbekiston sharafini xalqaro musobaqada munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.

MDHga azo mamlakatlarning oliy harbiy talim muassasalari kursantlari ortasidagi IV Xalqaro olimpiadada ilk bor ishtirok etgan Ozbekiston Mudofaa vazirligi vakillari 5 ta yonalishi boyicha bittadan ikkinchi va tortinchi, uchtasida esa uchinchi orinlarni qolga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2018, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -