» » Mudofaa vazirligi kursantlari Olmaotada bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Mudofaa vazirligi kursantlari Olmaotada bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi


2—6-aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahridagi harbiy-akademik litseyda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirliklarining kursantlari o‘rtasida matematika yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining katta o‘qituvchisi Ra’no Yusupova boshchiligida kursantlar galdagi Xalqaro olimpiadaning ikkinchi yo‘nalishi (matematika) bo‘yicha Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston mamlakatlarining harbiy matematiklari bilan o‘zaro bilim sinashib, O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Birinchi o‘rin Rossiya Harbiy universiteti vakillariga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik harbiylar egalladi. G‘olib va sovrindorlar kubok, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqada munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar 8-aprel kuni Toshkent vokzalida kutib olinadi.

Kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari (informatika bo‘yicha) 16—20-aprel kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Unda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti kursantlari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют