» » O‘zbekiston Armanistonda bo‘lib o‘tgan kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Armanistonda bo‘lib o‘tgan kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi


26—30-mart kunlari Armanistonning Yerevan shahridagi Monte-Melkonyan harbiy kollejida bo‘lib o‘tgan kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning chet tili yo‘nalishida birinchi marta O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari ham ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mudofaa vazirligiga qarashli O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi tayyorlash markazi ingliz tili kafedrasi mudiri Ilya Zverev boshchiligida Yerevanga yo‘l olgan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti 3-bosqich kursanti Abbos Rahimjonov va 2-bosiq kursantlari Laziz Rahimov, Bekpo‘lat Boqijonovlardan iborat jamoa yakuniy natijalarga ko‘ra Xalqaro olimpiadada faxrli uchinchi o‘ringa munosib topildi.

Mazkur olimpiadada Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari hamda mezbon davlat kursantlaridan iborat 9 jamoa ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiadaning eng yuqori pog‘onasidan Rossiya Harbiy universiteti kursantlari joy olgan bo‘lsa, Armanistonning Vazgen Sarkisyan nomidagi Harbiy universitet jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqada munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar 1-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportida kutib olinadi.

Kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari (matematika bo‘yicha) 2—6-aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Radioelektronika va aloqa harbiy-muhandislik institutida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston sharafini Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют