» » Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat yerlarini fuqarolarga sotishni taklif qildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat yerlarini fuqarolarga sotishni taklif qildi


Innovatsion rivojlanish vazirligi fuqarolarning yer sotib olishiga ruxsat berishni taklif qildi, deya Spot xabar bermoqda.

Vazirlik 2021-yilgacha O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasida fuqarolarning yer sotib olishiga ruxsat berish taklifini ilgari surgan.

Xususan, hujjatda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarni fuqarolarga xususiy mulk sifatida sotish nazarda tutiladi. Shu tariqa yerning foydalanilmay turishining oldini olish ko‘zlangan.

Hozirda O‘zbekistonda barcha yerlar davlatniki hisoblanadi va oldi-sotdi qilinmaydi.

Shuningdek, hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish huquqini sotish ham nazarda tutilgan. Shu tariqa yer kapitalga aylanadi.

27-iyulga qadar hujjatning to‘liq matni bilan tanishish, taklif kiritish, izohlash va fikr bildirish mumkin. Hujjat taxminan 1-avgust kuni kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют