» » Samarqand viloyatining sobiq hokimi va uning yordamchisi hibsga olindi (video)

Samarqand viloyatining sobiq hokimi va uning yordamchisi hibsga olindi (video)


O‘tgan yilning iyunidan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Turobjon Jo‘rayev mansab vakolatini suiiste’mol qilish va jinoiy harakatlarni amalga oshirganligi uchun vazifasidan ozod qilingan, deya xabar qildi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24” telekanaliga asoslangan holda.

“U o‘z manfaatlari uchun butun boshli vertikal poraxo‘rlik tizimini yaratib, mahalliychilikka yo‘l qo‘ygan, ta’magirlik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirgan”, — deyiladi dasturda.

Jinoyat ishida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xo‘jaqulov va hokim yordamchisi Botir Xo‘jaqulov ham hibsga olingan.

Dasturda qayd etilishicha, hokimiyatda ko‘p kvartirali uylarni qurishga ruxsat berish va tadbirkorlarga turar joy obyektlar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratishda pora tizimi amalda bo‘lgan.

Tergov ishlari olib borilmoqda, ayblanuvchilar hibsga olingan.

Joriy yilning olti oyi davomida 867 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 56 ta holatda poraxo‘rlik holati qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют