» » Toshkentda MGIMO filiali ochilishi mumkin

Toshkentda MGIMO filiali ochilishi mumkin


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov 12-iyul kuni Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) prorektori Artyom Malgin bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV axborotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Toshkentda MGIMO filialini ochishga doir amaliy masalalar muhokama qilingan. Xususan mazkur filialda mutaxasislarni tayyorlash yo‘nalishlari, xalqaro munosabatlar, biznes, ko‘rgazmaviy faoliyat va turizm kabi istiqbolli sohalarida yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari to‘g‘risida so‘z borgan.

Shu kunning o‘zida Abdujabbor Abduvohidov va O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan “Xalqaro jurnalistika, madaniy diplomatiya va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishi bo‘yicha MGIMOning ikki haftali ta’lim dasturi yopilish marosimida qatnashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют