» » Moskvada O‘zbekistonda MGIMO filialini ochish imkoniyatlari muhokama etildi

Moskvada O‘zbekistonda MGIMO filialini ochish imkoniyatlari muhokama etildi


Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi sektor mudiri Elyor G‘aniyev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Moskvada Xalqaro munosabatlar davlat instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunov bilan uchrashdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

Elyor G‘aniyev universitetning O‘zbekistonga kadrlar tayyorlab berishdagi o‘rniga yuksak baho berdi, hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro aloqalarning yangi yo‘nalishlari ustida ishlashni taklif etdi. Bunday yo‘nalishlardan biri Toshkentda MGIMO filiali ochilishi bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Anatoliy Torkunov soni yil sayin ortib borayotgan o‘zbekistonlik abituriyentlar tayyorgarligining yuqori darajasini e’tirof etdi. O‘quv yurti joriy yil 20—25-aprel kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadigan ta’lim ko‘rgazmasida navbatdagi bor ishtirok etishini qayd etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda MGIMO bitiruvchilari assotsiatsiyasi faoliyati, bu yerda ularning an’anaviy forumini o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildi. Qo‘shma ta’lim dasturlari yaratish va o‘zaro hamkorlikning boshqa ko‘rinishlariga darhol kirishish haqida kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 20:13)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют