» » O‘zbekistonda elektron vizalar taqdim etish tizimi ish boshladi

O‘zbekistonda elektron vizalar taqdim etish tizimi ish boshladi


O‘zbekistonda 15-iyuldan xorijiy fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo‘lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish boshlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Elektron viza xorij fuqarosiga O‘zbekiston hududida 30 kun bo‘lish huquqini beradi va u taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun ichida amal qiladi.

Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natiladi.

Murojaat O‘zbekistonga safar mo‘ljallangan kundan kamida uch ish kuni oldin yo‘llanishi lozim.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi 20 AQSh dollarini tashkil etadi. To‘lov xalqaro to‘lov tizimlari orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Viza berishdan bosh tortilgan taqdirda to‘lov qaytarib berilmaydi.

Elektron viza hujjatga (pasport) yopishtirilmaydi. Chegarani kesib o‘tish chog‘ida turist qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi elektron vizani ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют