» » 2018-yil yozida qadar O‘zbekistonda E-Visa tizimi ishga tushiriladi

2018-yil yozida qadar O‘zbekistonda E-Visa tizimi ishga tushiriladi


Shu yil yozining oxiriga qadar O‘zbekistonda elektro viza berish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib, 1News xabar bermoqda.

Mamlakatda elektron viza tizimi joriy etilishi rejalashtirilayotganini o‘tgan yil oxirida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov ma’lum qilgan edi. Endilikda bu tashabbusning joriy etilish muddatiga aniqlik kiritildi.

Ta’kidlanishicha, yangi tizim eskirgan elchixonalarda navbat turish tizimidan voz kechish imkonini beradi. Sayohatchilar barcha hujjatlar va anketalarni internet orqali jo‘natib, qisqa muddatda vizaga ega bo‘la oladi.

E-Visa tizimi bo‘yicha vizalar chet el fuqarolariga mamlakat aeroportlarida ularning hujjat to‘ldirish chog‘ida topshirgan yozma talabnomalari asosida taqdim etiladi. Elektron viza uchun to‘lovlarni Visa va MasterCard elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

Bunday tizim qator mamlakatlarda, jumladan, Ozarbayjon va Gruziyada joriy etilgan. 2017-yili Tojikiston ham shu tizimga o‘tdi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют