» » Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida har oyning to‘rtinchi dushanbasi “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida har oyning to‘rtinchi dushanbasi “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi


Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda har oyning to‘rtinchi haftasining dushanba kuni “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi. Endilikda harbiy xizmatchilar shu kuni shaxsiy avtotransport vositalarisiz harbiy xizmatga keladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mudofaa vaziri vazirlik qo‘shinlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi.

Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-maydagi 377-son qarorlari ijrosini, shuningdek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘l transport hodisalari profilaktikasi tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Endilikda vazirlik tizimidagi harbiy avtotransport vositalari videoregistratorlar bilan jihozlanadi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida ularni qo‘llash bo‘yicha normativ tartib belgilanadi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzganlar bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi. Mudofaa vazirligida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni zudlik bilan rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimi yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют