» » Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Zlatan Ibrahimovich Makgregor va Meyvezerni shifoxonaga jo‘natishga va’da berdi

Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Zlatan Ibrahimovich Makgregor va Meyvezerni shifoxonaga jo‘natishga va’da berdi


“Manchester Yunayted” futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer va UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan jangga o‘z munosabatini bildirdi. Shvetsiyalik 35 yoshli futbolchining so‘zlarini Sportskeeda nashri keltirdi.

Meyvezer – Makgregor dramasidan charchadim. Ular safsatani bas qilib, yaxshisi men bilan jang qilsin. Nima bo‘lishini bir ko‘raylik. Ularning har ikkisini to‘g‘ri shifoxonaga jo‘nataman.

Zlatan Ibrahimovich, “Manchester Yunayted” hujumchisi

Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik litsenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Mavzuga doir: Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang summasi milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin

Keyinroq Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Floyd Meyvezer Konor Makgregordan boshqa hech kim bilan jang qilmasligini ma’um qildi

Ma’lum muddatdan so‘ng Meyvezerning azaliy raqiblaridan biri — Menni Pakyao irlandiyalik bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют