» » OAV: Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qamoqqa olindi

OAV: Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qamoqqa olindi


Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov ustidan jinoiy ish ochilgani hamda bir qator ayblovlar bilan unga nisbatan tergov harakatlari boshlangan, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida shu yilning aprel oyida o‘z faoliyatini boshlagan Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Bu borada agentlikdagi manba, bir necha kundan buyon Rahmonbek Usmonovning ish xonasi yopiq ekanligi, uning ishga kelmayotganini tasdiqladi.

Hozirda, rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Rahmonbek Usmonovga nisbatan qurilish uchun ajratilgan yer maydonlarini noqonuniy sotish, pora olish (Jinoyat kodeksining 210-moddasi), yer uchastkalarining ajratilishida mansab vakolatini suiiste’mol qilish (Jinoyat kodeksining 205-moddasi) hamda qishki zaxira uchun ajratilgan piyozning “isrof” qilingani holatlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonbek Usmonov 2012–2018-yillar davomida Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U 2018 yilning aprel oyi oxirlarida o‘z vazifasidan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют