» » O‘zbekiston Tojikistonga uch oy ichida 4,5 million kub metr gaz eksport qildi

O‘zbekiston Tojikistonga uch oy ichida 4,5 million kub metr gaz eksport qildi


Apreldan iyul oyi o‘rtasiga qadar O‘zbekiston Tojikistonga 4,5 million kub metr gaz eksport qildi, deb yozadi Sputnik.

“Tojiktransgaz” kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzodaning ma’lum qilishicha, iste’molchilar tayyorligiga qarab yetkazib berish hajmi har oyda oshib boradi.

Uch oy davomida respublikaga uch million kub metr, iyul oyining 15 kuni davomida esa million kub metrdan ortiq gaz yetkazib berilgan.

O‘zbekiston “zangori olovi”ning asosiy iste’molchisi Tojikiston alyuminiy kompaniyasi bo‘lib, u barcha yetkazib berilgan gazning 80 foizga yaqinini olgan.

Xabarda aytilishicha, 2018-yilda 15,1 million dollarlik 126 million kub metrga yaqin gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют