» » Sherobodda Matiz olib berishni va’da qilgan firibgar ayol qidirilmoqda

Sherobodda Matiz olib berishni va’da qilgan firibgar ayol qidirilmoqda


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi O.N. ismli ayol katta summadagi firibgarlikka duch kelgani yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shikoyatchiga ko‘ra, singlisi Xalima Norboyeva tanishi Feruza Qodirova degan ayol bilan uning uyiga keladi. F.Qodirova unga Matiz rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, 34 million so‘mni olib ketadi. Biroq bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Hozirda F.Qodirovani ushlash choralari ko‘rilgan. U haqda ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar idoralariga xabar berish yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют