» » Toshkentda Matiz mashinasida chiqib ketib, g‘oyib bo‘lgan zangiotalik yigit qidirilmoqda

Toshkentda Matiz mashinasida chiqib ketib, g‘oyib bo‘lgan zangiotalik yigit qidirilmoqda


Toshkent viloyatilik ota bedarak yo‘qolgan o‘g‘lini qidirmoqda. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Zangiota tumanida yashovchi O.A. IIBga murojaat qilib, o‘g‘li Sulton Ahmadjonov ko‘k rangli, davlat raqami 10 Z 971 OA bo‘lgan Matiz rusumli mashinasini Chilonzor tumanida joylashgan “Olimpolvon” oshxonasi oldidan noma’lum tomonga haydab ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Sulton Ahmadjonovni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sulton Ahmadjonov yoki uning mashinasini ko‘rgan, u haqda ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют