» » “O‘zbektelekom” yil oxiriga qadar provayderlar uchun internet-kanal narxini pasaytiradi

“O‘zbektelekom” yil oxiriga qadar provayderlar uchun internet-kanal narxini pasaytiradi


AKT vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi O‘zbekistondagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK tomonidan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishtirokida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yaqindan tahlil qilindi.

Uchrashuvda xalqaro kanallarning o‘tkazuvchanlik darajasi yarim yil ichida 1,5 barobar oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, internet-kanallarning hamda IP-transport narx-navosini maqbullashtirish muhim masala bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK rahbariyati tomonidan 2018-yilning so‘ngiga qadar internet-kanal narxi bosqichma-bosqich pasaytirilishi hamda mavjud sig‘imlar tezkorlik bilan kengaytirilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, kanallar arendasi uchun tariflarning pasaytirilish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Qolaversa, “O‘zbektelekom” AK infratuzilmasidan ijaraga foydalanishning tarif va yagona tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi.

Jamoatchilik kengashi muhokamalari natijasi bo‘yicha operator va provayderlar uchun vazirlik qoshida ekspertlar kengashini tuzish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar kengashi raisi Jamoatchilik kengashiga har oyda internet xizmatlari bozorini rivojlantirish va zarur muhitni yaratish uchun provayderlarning takliflarini taqdim etib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют