» » Uralda Rossiya go‘zallik tanlovi finalchisi o‘ldirib ketildi

Uralda Rossiya go‘zallik tanlovi finalchisi o‘ldirib ketildi


Missis World Russia milliy go‘zallik tanlovi finalchisi Kseniya Tulenkova-Metsger Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Magnitogorsk shahrida avtomobilni sotish vaqtida o‘ldirib ketildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli qizning tanasi 17-iyul kuni zo‘rlab o‘ldirish alomatlari bilan topilgan.

Qotillikda gumonlanib 24 yoshli yigit qo‘lga olingan. Xabar berilishicha, yigit vafot etgan qiz o‘zining Skoda Octavia mashinasini ko‘rsatish uchun olib kelgan avtoservis egasi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik quroli bolg‘a bo‘lgan. Jinoyat uchun sabab sifatida esa qurbon bo‘lgan qizning mashinasiga egalik qilish ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют