» » Qozog‘istonda O‘zbekiston ishtirokida avtomobil ishlab chiqarish o‘smoqda

Qozog‘istonda O‘zbekiston ishtirokida avtomobil ishlab chiqarish o‘smoqda


Qozog‘istondagi avtomobilsozlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirmoqda. Import qilinayotgan transport vositalari miqdori esa kamaymoqda. Bu haqda mamlakat avtobiznes uyushmasiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xususan, bozorda chetdan sotib olinayotgan avtomobillar bilan mahalliy avtoulovlar pariteti u qadar katta emas. Joriy yil yarmida Qozog‘iston avtosanoatining bu boradagi ko‘rsatkichi 47,04 foizni tashkil etib, uning mahsulotlari sotuvi ikki yarim barobar oshdi.

Hisobot davrida mamlakatda barcha turda 14660 dona transport vositasi ishlab chiqarildi. Jumladan, 13725 ta yengil avtomobil(+76,4 foiz), 486 ta yuk mashinasi (-0,2 foiz), 153 ta avtobus (-51,1 foiz), 210 ta tirkama va yarim tirkama(+60,3 foiz) va 86 dona boshqa maxsus texnika vositasi(+60,3 foiz) yetkazib berildi.

Biroq 2018-yil iyun oyida chiqarilgan avtosanoat mahsulotlari 16 milliard 741 million tenge (48,4 million dollar)ni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 10,4 foiz kamdir. Shunga qaramay joriy yil yarmidagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foiz o‘sgan.

Bunda O‘zbekiston bilan hamkorlikda Kostanay shahrida Ravon Nexia R3 markasini yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan “SariarkaAvtoProm” kompaniyasi eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Mazkur korxona joriy yilning dastlabki 6 oyida 5297 ta yengil, yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqardi. O‘sish hajmi esa 123,2 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют