» » Jizzaxda tuman bosh militsioneri g‘alla o‘rimi vaqtida bir kishining burnini sindirdi

Jizzaxda tuman bosh militsioneri g‘alla o‘rimi vaqtida bir kishining burnini sindirdi


Jizzax viloyat Yangiobod tuman IIB boshlig‘i Ilhom Sulaymonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yil 9-iyul kuni Yangiobod tumanida yashovchi fuqaro N.T. Bosh prokuraturaning “Ishonch telefoni”ga murojaat qilib, farzandi S.Q.ni tuman IIB boshlig‘i Ilhom Sulaymonov “Nima sababdan kombaynni tuzatmading?” deb urib, tan jarohati yetkazganligi sababli Ilhom Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Murojaat yuzasidan Yangiobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda so‘ralgan fuqaro S.Q. 2018-yil 7-iyul kuni soat 14:30 larda Yangiobod tumani IIB boshlig‘i Ilhom Sulaymonov tuman hokimi Ikrom Matiyev bilan birga “Mustaqillikning 22 yilligi” suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi “Pastkichaqir bulog‘i” fermer xo‘jaligi dalasiga kelgan vaqtda, kombaynlar g‘alla o‘rmasdan turganligi bois, tuman IIB boshlig‘i Ilhom Sulaymonov fuqaro S.Q.ni mushti bilan burun qismiga urib, oyog‘i bilan uning orqasiga tepganligini bildirgan.

Zomin tumani sud-tibbiy ekspertiza byurosining xulosasida fuqaro S.Q.ga burun suyagining yopiq sinishi, burun soxasi lat yeyishi, qontalashi kabi sog‘lig‘ining buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokurori tomonidan 18 iyulda tuman IIB boshlig‘i Ilhom Sulaymonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarini borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.

Bosh prokuratura axborotidan

Gumonlanuvchi Ilhom Sulaymonov qayd etilgan modda bo‘yicha aybdor deb topilsa, ko‘pi bilan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kattaqo‘rg‘onda o‘g‘rilikda gumon qilingan ayolni shahar IIB binosida qip-yalang‘och yechinishga majbur qilgan militsiya xodim San’at Umarovga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va u qamoqqa olingan (IIV uni “ichki ishlar organlari safiga tasodifan kirib qolgan nopok xodim” deb atagan edi). Andijon viloyatining Bo‘z tumanida kechasi ko‘chada aylanib yurgan yigitlarni urib, haqoratlagan xodimlarga nisbatan ham xizmat tekshiruvi boshlangani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют