» » Ozbekistonda sobiq mahkumlar ijtimoiy himoya qilinadi

Ozbekistonda sobiq mahkumlar ijtimoiy himoya qilinadi


Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boyicha amaliy chora-tadbirlar togrisdagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi malum qildi.

Qarorga muvofiq Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etiladi.

Markazlarning asosiy vazifalari etib:

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va taminlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik tolanadigan nafaqa puli berish;

Maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislaridan yordam olish, zarur holatlarda davolanishga, qariyalar va nogironlar uylariga yollanmalar berish;

Reabilitatsiya qilishda, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilishda, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olishda yordam korsatish belgilandi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida toliq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli organish va ularni togri yolga yollashga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi.

Qarorda belgilanishicha, mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam korsatiladi. Ularning pensiya sugurtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-07-2018, 08:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
20 ... -