» » Toshkent shahridagi ustidan bo‘yoq surilgan mozaika qayta tiklanadi

Toshkent shahridagi ustidan bo‘yoq surilgan mozaika qayta tiklanadi


Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Parkent Plaza” jamoasi bilan birgalikda Yunusobod tumani, 11-daha, 17-uydagi ustidan bo‘yoq surilgan mozaikani to‘g‘rilash va qayta tiklash ishlarini boshlamoqda.

Mazkur kompaniya rahbari, Jamoatchilik kengashi eksperti Oybek Shodiev tergov-taftish ishlari tugashini kutmasdan mozaikani mas’uliyat bilan qayta tiklashga qaror qildi. Mozaikani tozalash va qayta tiklash xarajatlarini “Parkent Plaza” kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. Ushbu tashabbus kengash tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

19-iyul kuni narvonlar o‘rnatildi va pannoni tozalash ishlari boshlandi. 20-iyul kuni restavratsiya ishlari bo‘yicha mutaxassis akademik Marina Borodina bilan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi.

[gallery columns="2" size="full" ids="866270,866271"]

Toshkent aholisi 10 kundan keyin mozaikani ilk ko‘rinishida tomosha qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют