» » O‘zbekiston Tojikistonning So‘g‘d viloyatida yangi maktab quradi

O‘zbekiston Tojikistonning So‘g‘d viloyatida yangi maktab quradi


O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy “So‘g‘d” axborot agentligi xabar bermoqda, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qayd qilinishicha, maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.

Qurilish rejasiga ko‘ra, maktab 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Tojikiston arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Jamshed Ahmadzodaning aytishicha, Spitamen tumanidagi maktabdan tashqari, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona qurilishi ham rejalashtirilgan.

Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi.

Qayd etish joizki, Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют