» » O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Aju universiteti filiali ochilishi mumkin

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Aju universiteti filiali ochilishi mumkin


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov kuni kecha Janubiy Koreyaning Aju universiteti prorektori Lim Jeyk bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Muloqot chog‘ida Aju universitetining O‘zbekistonda filiali va klinikasini tashkil etish, uni samarali faoliyat yurtishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar ta’minoti bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.

Ma’lumot uchun, 1973-yilda tashkil etilgan Aju universiteti Janubiy Koreyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtlardan biri hisoblanadi. Yiliga 750 nafarga yaqin xorijiy talabalar ham tahsil oladigan ushbu oliy o‘quv muassasasi dunyoning 58 mamlakatining 200 dan ortiq taniqli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ayni paytda universitetda mavjud sakkizta fakultetda tibbiyot, texnika, axborot texnologiyalari, yuridik, tabiiy va gumanitar fanlar hamda biznes yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 16:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют