» » Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Bokuda MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Bokuda MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yig‘ilishda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDHga a’zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Interpol va Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqlashtirish markazi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda oldindan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq 10 ta masala muhokama qilindi.

Kengashda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri yig‘ilganlarni tizimda olib borilayotgan islohotlar, davlatlararo turli turdagi jinoyatlar bilan kurashish dasturi bajarilishi bilan tanishtirdi.

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha MDH ichki ishlar vazirlar kengashining tegishli qarorlari imzolandi.

Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2019-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют