» » Dehqonobod tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Dehqonobod tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida “Yoshlar — kelajagimiz” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “‘Yoshlar — kelajagimiz’ Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda tumandagi 39 ta korxona, tashkilot va muassasa 379 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida 76 nafar yosh mutaxassisga turli sohalarda ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 150 nafardan ortiq ishtirokchi bilan Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi ochiq muloqot o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют