» » Farg‘onada piyodani urib yuborib, qochib ketgan qora Lacetti egasi qidirilmoqda

Farg‘onada piyodani urib yuborib, qochib ketgan qora Lacetti egasi qidirilmoqda


Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 22-iyul kuni noma’lum haydovchi qora rangli Lacetti rusumli mashinani Toshkent ko‘chasida joylashgan “Mastona” bozori oldida haydab ketayotib, piyoda A.M.ni urib yuborib, voqea joyidan yashirindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida A.M. jarohat olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Avtomobilni qidirib topish va ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash hamda ushlash choralari ko‘rilgan.

Mazkur hodisa haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют