» » Galaxy Note 9’ning kuchli akkumulyatori haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topdi

Galaxy Note 9’ning kuchli akkumulyatori haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topdi


Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Samsung Galaxy Note 9 planshetofonining kuchli akkumulyatori haqida mish-mishlar tarqagan edi. Endilikda ma’lumot Braziliyaning ANATEL agentligi tomonidan tasdiqlandi. Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, planshetofon 4000 mA/soat  sig‘imli akkumulyatorga ega. Bu haqda “Thg.ru” xabar bermoqda.

Yangi planshetofon o‘zidan oldingi Galaxy Note 8’ga nisbatan ancha kuchli batareyaga ega. Note 8’ning akkumulyatori 3300 mA/soat sig‘imga ega edi. Biroq bu yangilik kutilgan natijani bermasligi mumkin. Negaki, akkumulyator quvvatining bir qismi S Pen stilusi uchun sarflanadi. Note planshetofonlari tarixida ilk marta S Pen stilusi Bluetooth orqali ishlaydigan bo‘ldi.

Samsung Galaxy Note 9’ning taqdimoti 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Planshetofonning dizayni avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi.

Galaxy Note 9’ga 6,3 dyuymli Super AMOLED ekran, Snapdragon 845 yoki Exynos 9810 chiplari o‘rnatilgan. Planshetofon 8 Gb operativ va 512 Gb flesh xotiraga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют