» » O‘zbekistonda grippga qarshi emlanadigan shaxslar toifasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda grippga qarshi emlanadigan shaxslar toifasi tasdiqlandi


“Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga, jumladan, quyidagilar kiritildi:

Homilador ayollar;

Nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;

60 yoshdan oshgan shaxslar;

6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;

Tibbiyot xodimlari;

“Mehribonlik” uylari, qariyalar, nogironligi bo‘lganlar uchun “Saxovat” internat-uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylari, nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashayotganlar.

Davlat ijtimoiy muassasalarida yashayotgan shaxslarni emlash davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют