» » AQSh Turkiyaga harbiy samolyot sotishni to‘xtatadi

AQSh Turkiyaga harbiy samolyot sotishni to‘xtatadi


AQSh Kongressi F-35 beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini Turkiyaga sotishni to‘xtatishga qaror qildi. Kongressning bu qarorga kelishiga Turkiyaning Rossiya bilan С-400 harbiy majmualarini sotib olish haqida kelishuv imzolagani bilan bog‘liq, deb yozmoqda “RBK”.

Turkiyaning Rossiya bilan С-400 raketa majmualarini sotib olish haqida imzolagan kelishuvi Vashingtonning noroziligiga sabab bo‘lgan. Kelishuvga asosan, harbiy aslaha 2019-yilning yozida Anqaraga yetkazib beriladi. Rossiyaning harbiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha monopoliyasi “Rosoboroneksport” AQSh sanksiyalari joriy qilingan kompaniyalardan biri hisoblanadi.

AQSh Kongressi Rossiyadan qurol-aslaha sotib olayotgan Hindiston, Vyetnam va Indoneziyaga nisbatan taqiq joriy qilmagan. Biroq hujjatlarda keltirilishicha, agar ushbu mamlakatlar Rossiyadan harbiy aslaha sotib olish hajmini kamaytirmasa, taqiqlar ularga nisbatan ham tatbiq qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют