» » Toshkent yoz oylarida rossiyalik sayyohlar orasida eng ommalashgan MDH shaharlari o‘nligiga kirdi

Toshkent yoz oylarida rossiyalik sayyohlar orasida eng ommalashgan MDH shaharlari o‘nligiga kirdi


Toshkent yoz oylarida rossiyalik sayyohlar orasida eng ommalashgan MDH shaharlari o‘nligiga kirdi. “TurStat” tahliliy agentligi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

Reyting joriy yil yozidagi sayyohlik safarlarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzildi.

Rossiyalik sayyohlar MDH shaharlariga o‘rtacha ikki kunga kelishi va shundan so‘ng kurortlarda dam olishi ma’lum bo‘ldi. Ular safar davomida yotoq va ovqatlanish uchun o‘rtacha sutkasiga 50-100 dollar sarflagan.

MDHga arzon sayohatlar bo‘yicha Kishinyov va Bishkek, qisqa ta’tillar va shoping borasida esa Boku va Ostona yetakchilik qilmoqda.

2018-yil yozida rossiyalik sayyohlar orasida eng ommabop bo‘lgan shaharlar o‘nligi quyidagicha:

Boku (Ozarbayjon);

Minsk (Belarus);

Olmaota (Qozog‘iston);

Yerevan (Armaniston);

Ostona (Qozog‘iston);

Bishkek (Qirg‘iziston);

Toshkent (O‘zbekiston);

Kishinyov (Moldova);

Dushanbe (Tojikiston);

Ashxаbod (Turkmaniston).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют