» » Toshkent turistlar tashrif buyuradigan MDHdagi eng mashhur shaharlar orasida 6-o‘rinni egalladi

Toshkent turistlar tashrif buyuradigan MDHdagi eng mashhur shaharlar orasida 6-o‘rinni egalladi


Minsk MDH davlatlari orasida rossiyalik turistlar tashrif buyuradigan eng mashhur shaharga aylandi. Bu boradagi tegishli tadqiqot natijalarini TurStat tahliliy agentligi o‘zining saytiga joylashtirdi.

Turistlar Belorus Respublikasiga o‘rtacha ikki yarim kunga borishadi. U yerdagi sarf-xarajat esa sutkasiga o‘rtacha 70 dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinni Ostona (o‘rtacha ikki kun, sutkasiga 85 dollar), uchinchi pog‘onani esa Boku (uch kun, 78 dollar) egalladi. Shuningdek, top-10 ro‘yxatdan Yerevan, Olmaota, Tashkent (6-o‘rin), Ashxobod, Kiyev, Kishinyov va Bishkek joy olgan.

Eng qimmat shaharlar deya Ostona va Boku, eng arzonlari deya Bishkek hamda Kishinyov topilgan. Bu yerda turistlar sutkasiga tegishli ravishda 32 va 35 dollar sarflashadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu reyting onlayn-bronlash tizimi ma’lumotlarini tahlil qilish asosida tuzilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют