» » JPMorgan Chase O‘zbekiston mustaqil kredit reytingini olishi va obligatsiyalarini joylashtirishida maslahatchi bo‘ladi

JPMorgan Chase O‘zbekiston mustaqil kredit reytingini olishi va obligatsiyalarini joylashtirishida maslahatchi bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidentining “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, mustaqil kredit reytingini olish va O‘zbekiston suveren obligatsiyalari emissiyasi uchun JPMorgan Chase (AQSh) boshchiligidagi banklar konsorsiumi bosh moliyaviy maslahatchi sifatida tanlandi.

Suveren obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda mustaqil kredit reytingi olish bo‘yicha fiskal, to‘lov, transfer va listing agentlarining xizmatlari uchun haq to‘lash Moliya vazirligi huzuridagi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi ishlarni bajarish, shuningdek, boshqa infrastruktura obyektlarini qurish uchun yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют