» » Gollivuddagi “Shon-sharaf alleyasida” Trampning yulduzi bolg‘a bilan sindirildi

Gollivuddagi “Shon-sharaf alleyasida” Trampning yulduzi bolg‘a bilan sindirildi


Gollivuddagi “Shon-sharaf alleyasida” AQSh prezidenti Donald Trampning yulduzi vandal tomonidan tosh o‘yuvchi bolg‘a bilan sindirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak bolg‘ani gitara g‘ilofida olib kelgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya yulduz o‘rnida faqat uning vayronasini ko‘rgan. Yulduz Trampga 2007-yilda “O‘quvchi” shousidagi ishtiroki uchun nasib etgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, buzg‘unchi voqea joyida bolg‘ani qoldirgan, keyinroq esa Beverli-Xill politsiyasiga o‘zini topshirgan. Yulduzni tiklash ishlarining qachon boshlanishi hozircha noma’lum.

Trampning mazkur yulduzi bundan avval ham bir necha marta vandallar hujumiga uchragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют