» » Qoraqalpog‘istonning eng keksa kompaniyalaridan biri o‘z aksiyalarini sotmoqda

Qoraqalpog‘istonning eng keksa kompaniyalaridan biri o‘z aksiyalarini sotmoqda


Qoraqalpog‘istonning eng keksa kompaniyalaridan biri “Qoraqalpoqboyan” AJ o‘z aksiyalarining 30 foizini 3 milliard so‘mga sotmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

“Qoraqalpoqboyan” Nukusda qizilmiya ildizini ishlab chiqaradi. 1963-yili tashkil etilgan. Korxona 16 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qiladi.

“Qoraqalpoqboyan” AJ 2 ming tonna siqilgan va 200 tonna 12 foiz namlikdagi saralangan qizilmiya ildizini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qiladi.

“Qoraqalpoqboyan” 1998-yildan e’tiboran aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Kompaniya aksiyadorlarining 75 foizi — O‘zbekistondagi jismoniy shaxslar, 25 foizi — xitoylik investorlar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют