» » Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Pekinda bo‘lib qaytdi

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Pekinda bo‘lib qaytdi


Qoraqalpog‘istonlik bir guruh tadbirkorlar Pekinda o‘tkazilgan Constructtech—2018 qurilish texnologiyalari, mollari va uskunalari xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston—Xitoy biznes-forumida qatnashib, sohaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan tajriba almashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligining Nukus shahridagi konsullik bo‘limi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Xitoyning yetakchi mashinasozlik sanoat korxonalaridan biri — Sany korporatsiyasi faoliyati bilan tanishdi. Korporatsiya maxsus qurilish texnikalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar tashrifi munosabati bilan Pekin shahrida O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi o‘tkazildi. Unda Xitoyning qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, oziq-ovqat, to‘qimachilik, investitsiya, farmatsevtika, turizm bo‘yicha 60 dan ortiq korxona va kompaniyasi vakillari qatnashdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘istonning boy iqtisodiy salohiyati, “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi va boshqa kichik ishlab chiqarish zonalarida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yengilliklar, yuqori quvvatli hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun belgilangan preferensiyalar haqida ma’lumot berildi. Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyati, ushbu sohani jadal rivojlantirish va tegishli infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tarixiy joylar haqida videorolik va foto-slaydlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida B2B formatida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda qizilmiya ildizini qayta ishlash, yengil sanoat mahsulotlari va qurilish mollari ishlab chiqarish, neft va gaz hamda xizmat ko‘rsatish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston bozoriga yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish taklif qilindi.

Xitoylik tadbirkorlar Qoraqalpog‘istonda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurish, qizilmiya ildizi asosida farmatsevtik mahsulot ishlab chiqarish masalalariga qiziqish bildirdi.

Tashrif yakunida joriy yil aprel oyida xitoylik tadbirkorlar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishi kelishib olindi. Ikki tomonlama muzokaralar davomida bir qator eksport va import shartnomalari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют