» » 2018-yilning 1-yarim yilligida o‘zbekistonlik konsullar eng ko‘p konsullik harakatlarini Turkmanistonda amalga oshirdi

2018-yilning 1-yarim yilligida o‘zbekistonlik konsullar eng ko‘p konsullik harakatlarini Turkmanistonda amalga oshirdi


2018-yilning birinchi yarim yilligida Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan 186 128 ta konsullik harakati amalga oshirildi (qiyos uchun, 2017-yil birinchi yarmida — 173 941). Bu haqda TIV saytida e’lon qilingan hisobotda aytildi.

2018-yilning shu davrida chet el fuqarolariga 131 535 ta kirish vizasi (2017-yil birinchi yarmida — 123 360) berildi, 16805 ta O‘zbekistonga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi, 3117 ta biometrik pasport berildi, FHDYoga doir 6371 ta harakat amalga oshirildi, fuqarolik masalalariga doir (fuqarolikka qabul qilish, chiqish, yo‘qotish va tegishli emaslik) 7844 ariza qabul qilindi.

Eng ko‘p konsullik harakatlari O‘zbekistonning Turkmaniston (21870), Tojikiston (16567), Rossiya (14421), Qozog‘iston (14083) va Xitoydagi (10882) elchixonalarida amalga oshirildi.

Chet el fuqarolarining mamlakatga kelishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 5326- sonli “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018-yil 10-fevraldan e’tiboran yettita davlat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etildi.

Ushbu farmon bilan 2018-yil 10-fevraldan boshlab 39 ta davlat fuqarolari uchun turistik vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga o‘z vaqtida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish choralarini amalga oshirish doirasida 2018-yil mart oyida Rossiya hududida Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Bundan tashqari, Qozog‘iston hududida Olmaota va Oqtov shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют