» » Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham maxsus sirtqi bo‘lim ochildi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham maxsus sirtqi bo‘lim ochildi


2018/2019-o‘quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun sirtqi ta’lim shakli ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sirtqi ta’lim shaklida shu yilning o‘zida jami 100 nafar talaba o‘qishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, qabul qilingan talabalarning 75 nafari o‘zbek tilida tashkil etiladigan guruhlarda, 25 nafari rus tilidagi guruhlarda tahsil oladi.

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), jahon siyosati, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Janubi-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari ta’lim yo‘nalishlarining barchasiga 25 nafardan talaba o‘qishning sirtqi ta’lim shaklida qabul qilinadi.

Sirtqi ta’limda o‘qish barcha nomzodlar uchun to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 31-iyulgacha qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют